» » Malayziya bosh vaziri ommaviy namoyishlarni to‘xtatishni talab qildi

Скачать Malayziya bosh vaziri ommaviy namoyishlarni to‘xtatishni talab qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Malayziya bosh vaziri ommaviy namoyishlarni to‘xtatishni talab qildi

Malayziyadagi norozilik namoyishlari “barqarorlik va birlikka putur yetkazayotgani sababli ham” besamardir. Bu fikr, “TASS” xabariga ko‘ra, Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq tomonidan bildirildi.

Malayziya bosh vaziri ommaviy namoyishlarni to‘xtatishni talab qildi

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday namoyishlar “xalq xohish-istagini bildirmaydi, ayni vaqtda qonunlar va konstitutsiyaga xilofdir”. “Albatta, xalq hokimiyatni saylash huquqiga ega, biroq bu ko‘chadagi norozilik namoyishlari bilan emas, balki ovoz berish orqali amalga oshirilishi kerak”, — dedi Malayziya bosh vaziri.

O‘tgan dam olish kunlari Kuala-Lumpurdagi hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida 300 mingdan 500 ming nafargacha odam qatnashdi. Namoyishchilarning asosiy talabi bosh vazir Najibning iste’foga chiqishidir. Bunga bosh vazirning shaxsiy hisob-raqamlarida qariyb 650 million dollar pul borligi ma’lum bo‘lgani va u korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilinayotgani sabab bo‘ldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Malayziya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.