» » Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari Ramit darasida terrorchilarni izlamoqda

Скачать Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari Ramit darasida terrorchilarni izlamoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari Ramit darasida terrorchilarni izlamoqda

Tojikiston ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining maxsus bo‘linmalari Ramit darasiga yashiringan terrorchilarni izlash va ularning sonini aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari Ramit darasida terrorchilarni izlamoqda

 

Tojikiston IIV matbuot xizmati rahbari Jaloliddin Sadriddinovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan kunlar davomida Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshliq terrorchilik guruhi tomonidan Vahdat shahridagi IIB binosi va Tojikiston Mudofaa vazirligi markaziy apparatiga uyushtirilgan ikki hujum natijasida 8 nafar militsiya xodimi halok bo‘lgan.

“To‘qqiz nafar terrorchi yo‘q qilingan, olti nafari esa hibsga olingan. Nazarzoda esa umumiy soni hozircha noma’lum bo‘lgan o‘z tarafdorlari bilan Ramit tomonga yashiringan”, — dedi Sadriddinov.

“Respublikada o‘tgan tun sokin o‘tdi. Vaziyat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tomonidan to‘liq nazorat ostiga olingan. Dushanbega kirish yo‘llariga militsiyaning qo‘shimcha blokpostlari o‘rnatilgan. Har ikki yo‘nalish bo‘yicha avtotransport vositalari to‘liq tekshirilmoqda”, — dedi IIV matbuot xizmati rahbari.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.