» » Tyanszindagi portlash o‘rniga xotira yodgorligi o‘rnatiladi

Скачать Tyanszindagi portlash o‘rniga xotira yodgorligi o‘rnatiladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tyanszindagi portlash o‘rniga xotira yodgorligi o‘rnatiladi

Xitoyning Tyanszin shahrida yuz bergan portlash qurbonlari xotirasi uchun fojia yuz bergan joyda xotira yodgorligi o‘rnatiladi. Bu haqda, 12-avgust kuni portlash yuz bergan “Binxay” portbo‘yi hududiy ma’muriyatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Tyanszindagi portlash o‘rniga xotira yodgorligi o‘rnatiladi

 

Portlash natijasida kamida 160 kishi halok bo‘lgan bo‘lib, ularning 96 nafari o‘t o‘chiruvchilar, 11 nafari politsiyachilardir. 13 kishi hali ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi. Fojia oqibatida 800 ga yaqin kishi turli darajada tan jarohati oldi.

Yodgorlik atrofida umumiy maydoni 24 gektarga teng xiyobon tashkil etish haqida qaror qabul qilingan. Bundan tashqari, shahar ma’muriyati portlash natijasida uyi vayron bo‘lganlarga 5 mingdan ortiq yangi xonadonlarni taqdim etish niyatida.

Portlash “Juyxay” logistika kompaniyasining omborxonalarida yuz bergandi. Portlash to‘lqini 2 kilometr radiusdagi turar-joy binolarining derazalarini sindirib yubordi va mingdan ortiq avtomobillarga zarar yetkazdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Tyanszinda

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.