» » Qozog‘istonlik kosmonavt XFSdan “Kazkosmos” rahbariga qo‘ng‘iroq qildi

Qozog‘istonlik kosmonavt XFSdan “Kazkosmos” rahbariga qo‘ng‘iroq qildi

Qozog‘istonlik kosmonavt Aydin Aimbetov Xalqaro fazoviy stansiya (XFS) bortidan “Kazkosmos” rahbari Talgat Musabayevga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Talgat Musabayevning o‘zi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.kz”.

Qozog‘istonlik kosmonavt XFSdan “Kazkosmos” rahbariga qo‘ng‘iroq qildi

 

“Bu vaqtda men o‘z ish xonamda edim. Bir necha soat avval XFSga birikuvni jonli efirda tomosha qilgandim va ekipajning stansiyaga o‘tgani haqidagi axborotni kutayotgandim. Shu vaqt qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi, go‘shakda Aydinning ovozi. Xursand bo‘ldim, bu haqiqiy kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Biroq hayron qolganim yo‘q, bu kabi qo‘ng‘iroqlarni avval ham qabul qilganman. Esimda, birinchi marta Yuriy Lonchakov XFSdan qo‘ng‘iroq qilganida, haqiqatan ham hayratda qolgandim”, — dedi Musabayev.

“Kazkosmos”ning birinchi kosmonavti maqomini qo‘lga kiritgan Aydin Aimbetov Qozog‘iston kosmik tadqiqotlar idorasi boshlig‘iga “fazoviy uy”ga muvaffaqiyatli yetib kelgani haqida hisobot bergan. “O‘zimni yaxshi his qilyapman, moslashish ham joyida, fazoviy dasturni amalga oshirishga kirishyapman”, — dedi Aydin.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.