» » Novosibirskda oligarxning o‘g‘li o‘quvchi qizni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

Скачать Novosibirskda oligarxning o‘g‘li o‘quvchi qizni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Novosibirskda oligarxning o‘g‘li o‘quvchi qizni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

Novosibirskda sud mahalliy oligarxning qotillikda gumon qilinayotgan 16 yoshli o‘g‘lini hibsga olishni rad etgani bilan bog‘liq holat faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, o‘smir yigit avgust oyi oxirida o‘z dugonasini o‘ldirgani aytilmoqda.

Novosibirskda oligarxning o‘g‘li o‘quvchi qizni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

 

Xabar berishlaricha, tergovchilar novosibirsklik yirik ishbilarmon Igor Konkovning uyidan qiz jasadini topgan. Uning bo‘yniga to‘rtta, qo‘liga bir necha bor pichoq bilan jarohat yetkazilgan.

Halok bo‘lgan qizning qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, 16 yoshli gumonlanuvchi mazkur jinoyatni avvaldan rejalashtirib yurgan, yigitcha qiz bilan ajrashib ketganidan so‘ng, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Hozirgi vaqtda o‘smir ruhiy ekspertizadan o‘tish uchun tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Biroq marhum qizning qarindoshlari jinoyatchi qamoqdan qutilib qolishidan xavotir olmoqda. Chunki yigitning nafaqat badavlat otasi, balki Moskvada hukumat huzuridagi tahlil markazida faoliyat olib boruvchi nufuzli amakisi ham bor.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.