» » O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi

Скачать O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi

5-sentabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb xabar beradi “Olamsport”.

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi

 

Yarim final bahslaridan so‘ng bir yo‘la 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Kecha, 5-sentabr kuni o‘tkazilgan final janglarida o‘zbekistonliklardan Xasanboy Do‘smatov va Bektemir Meliqo‘ziyev mos ravishda raqiblari – Rogen Ladon (Filippin) hamda Krishan Vikash (Hindiston) ustidan g‘alabaga erishib, Osiyo chempioniga aylandi.

Ayniqsa, yosh Bektemirning g‘alabasini alohida e’tirof etish kerak. O‘tgan yili o‘smirlar o‘rtasidagi Nankin olimpiadasida oltin medalga sazovor bo‘lgan bu umidli, yosh charm qo‘lqop ustasi kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida barcha raqiblaridan ustun keldi.

Qo‘lidagi jarohat sabab O‘zbekiston terma jamoasining eng tajribali bokschisi Elshod Rasulov final jangida ishtirok eta olmadi. Natijada uning raqibi qozog‘istonlik Adilbek Niyazimbetov jangsiz oltin medalni qo‘lga kiritdi. Afsuski, o‘zbekistonlik bokschilardan Shahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliyev, Fazliddin G‘oibnazarov va Rustam To‘laganovlar raqiblariga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush, bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston terma jamoasi esa 5 ta oltin, bittadan kumush va bronza medaliga ega chiqdi. Tabiiyki, oltin medallar soniga ko‘ra ular umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Medallarni soni bo‘yicha esa O‘zbekiston birinchi!

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekiston Osiyo

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.