» » “Sport” telekanali YeChL o‘yinlarini translyatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

“Sport” telekanali YeChL o‘yinlarini translyatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining xalqaro aloqalar bo‘limi Yevropa Chempionlar Ligasining 2015/16-yilgi mavsumdagi o‘yinlarini translyatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda MTRKning xalqaro aloqalar bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Sport” telekanali YeChL o‘yinlarini translyatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

 

“Sport” telekanali YeChL o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini musobaqa boshlanishiga bir kun qolganda ham qo‘lga kiritishi mumkin. Muzokaralar anchadan buyon davom etmoqda, ammo haligacha ijobiy yakun topgani yo‘q.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-tur o‘yinlari 15-sentabr kuni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, UzReport TV telekanali O‘zbekistonda Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.


Manba: Daryo.uz






Метки: Sport YeChL

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.