» » Odil Ahmedov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

Скачать Odil Ahmedov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Odil Ahmedov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippinga jo‘nab ketishidan oldin terma jamoa sardori Odil Ahmedov “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Bu haqda “Lokomotiv” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Odil Ahmedov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

 

Odil Ahmedov Saydulla Tursunov murabbiylik qilayotgan “Lokomotiv—2005” futbolchilarining mashg‘ulotini ko‘rish uchun Labzakdagi mashg‘ulot maydoniga tashrif buyurdi. U yerda mohir yarim himoyachini “Lokomotiv” jamoasi boshlig‘i Qobil Yunusov, futbol maktabi direktori Erkin Saidov hamda murabbiylar Saydullo Tursunov va Sunnat Ro‘ziyev kutib oldi.

Odil Ahmedovdek futbolchi bilan uchrashuv yosh bolakaylarda iliq taassurot qoldirdi. Ular Ahmedovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi, shuningdek, birga suratga tushdi.

Ahmedov O‘zbekistonning eng kuchli futbolchilaridan biri. Uning katta futbolga kirib kelishi “Lokomotiv”da ro‘y bergan, biroq keyinchalik “Paxtakor”ga o‘tib ketgan. Futbolchi hozirda faoliyatini Rossiya Pryemer-ligasi vakili “Krasnodar”da davom ettirmoqda. U yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi. Odil Ahmedov uchrashuv oxirida 10-raqamli futbolkasini “Lokomotiv” futbol maktab direktori Erkin Saidovga esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Odil Ahmedov Lokomotiv

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.