» » Hindiston janubida yashin urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi

Hindiston janubida yashin urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi

Hindiston janubidagi Andxra-Pradesh va Orissa shtatlarida 34 kishi yashin urishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hindiston janubida yashin urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi

 

6-sentabr, yakshanba kuni, Bengaliya ko‘rfazida ustida past havo bosimining kuzatilishi natijasida, Andxra-Pradesh shtatiga momaqaldiroqli kuchli yog‘ingarchilik yopirildi. Oqibatda mazkur shtatda 22 kishi, qo‘shni Orissa shtatida esa 12 kishi halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning qariyb barchasi dehqonlar yoki uysiz kishilar bo‘lgan.


Manba: Daryo.uz


Метки: Hindiston janubida

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.