» » Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyiha yakunlanmoqda

Скачать Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyiha yakunlanmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyiha yakunlanmoqda

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyiha yakunlanmoqda

 

Yevropa Ittifoqi loyihasi doirasida respublikaning beshta mahallasida yangi mexanizm – “Axborot oynasi” ehtiyojmand oilalar orasida tadbirkorlik harakatining rivojiga hissa qo‘shdi: jami 526,8 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit olgan 137 nafar xotin-qiz tadbirkorlikka ilk qadamini qo‘ydi.

Bunday ko‘rsatkichlar “Ehtiyojmand oilalarga daromad manbalarini yaratishda ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi dasturlar” loyihasi natijasida erishildi.

Loyiha Yevropa Ittifoqining Institutsional rivojlanish sohasidagi hamkorlik dasturi doirasida Milanning Savdo-sanoat, hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi qoshidagi “Formaper” agentligi (Italiya), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ijtimoiy innovatsiyalar jamg‘armasi (Litva) va “Ayollar muloqot va ta’lim uchun” assotsiatsiyasi (Ispaniya) tarkibidagi hamkorlar jamoasi tomonidan amalga oshirildi.

Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad – mahallalar miqyosida ehtiyojmand aholining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat edi. Shuningdek, bu borada mahalla o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari vakillarining salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan edi.

Loyiha milliy miqyosda 2013-yildan buyon O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi amaliy ko‘magida respublikaning Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi jami 5 ta mahallada hayotga tatbiq etib kelindi.

Ijtimoiy sheriklik

Loyiha doirasida hududlarda ijtimoiy sheriklik asosida davlat va nodavlat tashkilotlaridan iborat Jamoatchilik guruhlari tashkil etildi. Bunday Jamoatchilik guruhlari ishida mahalliy hokimiyat, hududiy Xotin-qizlar qo‘mitalari, “Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, “Tadbirkor ayol” va “Hunarmand” uyushmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi vakillari faollik ko‘rsatdi.

Institutsional rivojlanish

Loyihaning dastlabki bosqichlarida nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan 30 nafar trener va mutaxassis tayyorlandi. Ularning tashkilot faoliyatini samarali boshqarish, inson resurslaridan oqilona foydalanish, ijtimoiy marketing va mablag‘larni jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, ijtimoiy tadbirkorlik va ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

2014-yilning iyul oyida 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Axborot oynalari” ishga tushdi.

Buning uchun mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kompyuter jihozlari taqdim etildi va internet tarmog‘i ulandi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasi shakllantirildi va foydalanish uchun topshirildi.

Aholiga amaliy ko‘mak berishning yangi shakli

Ayni paytgacha “Axborot oyna”lari tomonidan tadbirkorlik asoslari va biznesni rejalashtirish mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslari olib borildi.

Shu qisqa muddat ichida “Axborot oyna”lari tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos maydoniga aylanib ulgurdi: aholi bu yerga murojaat qilib, biznes reja tuzish, tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, tegishli moliyaviy, soliq, mikrokreditlash masalalari bo‘yicha qiziqtirgan ma’lumot olishi, biznesni boshqarish usullarini o‘rganishi mumkin.

Ko‘rsatilayotgan bunday bepul xizmatlar nafaqat tanlangan mahallalarda, balki qo‘shni mahallalar aholisida ham katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘tgan bir yil mobaynida 27 ta o‘quv seminari tashkil etildi, 700 ga yaqin xotin-qizga tadbirkorlik ko‘nikmalari berildi.

O‘quv seminarlar modulini ishlab chiqish va uchta seminar tashkil etishda loyihaga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkori – YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya yaqindan yordam berdi.

Tijorat banklari bilan hamkorlik tufayli, 137 nafar xotin-qiz, kasb-hunar kollej bitiruvchilariga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun jami 526,8 million so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlarajratildi.

Loyiha doirasida ayollarning huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy bilim darajasi oshirilgani sari – ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi, o‘zining vaqtini va oilasining moliyaviy resurslarini oqilona va samarali taqsimlash va boshqarishni boshladi.

Loyihaning natijalari Toshkent shahrida sarhisob qilinar ekan, mehmonlar mustahkamlangan hamkorlikni, boshlangan xayrli ishlar davomini hamda ularning barqarorligini ta’minlash yo‘llarini muhokama etdi.

Hamkorlik loyihasi yaxshi samara berdi, shunday ekan, bu kabi loyiha va dasturlarni amalga oshirishni davom ettirib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash mumkin.

Reklama huquqi asosida

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Ayollar bo‘yicha

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.