» » O‘FF Filippin — O‘zbekiston o‘yinini “Sport TV”da namoyish etilishi uchun ruxsat olib berdi

Скачать O‘FF Filippin — O‘zbekiston o‘yinini “Sport TV”da namoyish etilishi uchun ruxsat olib berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘FF Filippin — O‘zbekiston o‘yinini “Sport TV”da namoyish etilishi uchun ruxsat olib berdi

O‘FF Filippin — O‘zbekiston o‘yinini “Sport TV”da namoyish etilishi uchun ruxsat olib berdi

 

Ertaga, 8-sentabr kuni jachon chempionati—2018 saralashining ikkinchi bosqichi 4-turi doirasida O‘zbekiston safarda Filippin mehmoni bo‘ladi.

Bu uchrashuv O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun juda muhim hisoblanadi. Ochko yo‘qotish orqali Samvel Babayan shogirdlari jahon chempionatining uchinchi bosqichisiz qolib ketishi mumkin. Barcha futbol muxlislarini esa bir savol qiziqtirmoqda: o‘yin “Sport” telekanalida orqali namoyish etiladimi?

O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev Twitter orqali xabar berishicha, Filippin — O‘zbekiston uchrashuvining O‘zbekistondagi jonli translyatsiyasi uchun O‘FF WSG kompaniyasidan “Sport TV”ga ruxsat olib bergan. Barcha narsa “Sport” telekanali Filippindan keladigan signalni qabul qilish yoki qila olmasligiga bog‘liq.

“Daryo”ning O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi manbalarining ma’lum qilishicha, uchrashuvning namoyish etilishi uchun imkoniyat izlanmoqda.

O‘z MTRKning rasmiy saytidagi “Sport” kanalining 8-sentabrdagi dasturlari ro‘yxatidan Filippin — O‘zbekiston uchrashuvi o‘rin olmagan. O‘yin bo‘lib o‘tadigan 17:00— 19:00 oralig‘ida boshqa ko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining 2-saralash bosqichidagi 16-iyun kuni o‘tkazilgan KXDR — O‘zbekiston uchrashuvi ham namoyish etilmagandi.a

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.