» » Xitoy sharqidagi kimyo zavodida metanol portladi | 2015

Скачать Xitoy sharqidagi kimyo zavodida metanol portladi | 2015 в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoy sharqidagi kimyo zavodida metanol portladi | 2015

Xitoy sharqidagi Lishuy shahridagi kimyoviy zavodda 7-sentabr, dushanba kuni kuchli portlash yuz berdi. “TASS” xabariga ko‘ra, zavodda saqlanayotgan kimyoviy modda — metanol reaksiyaga kirishib, portlab ketgan.

Xitoy sharqidagi kimyo zavodida metanol portladi | 2015

 

Hozircha hodisa qurbonlari va jabrlanuvchilari to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Xitoy xalqaro radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, “Nanmin xuagunchan” korxonasidagi yong‘inni bartaraf etish uchun 300 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 61 dona texnika yetib kelgan. “Hozirgi vaqtda yong‘in bartaraf etilgan”, — deyiladi xabarda.

Xitoyda so‘nggi vaqtlarda kimyo zavodlarida bunday hodisalar tez-tez yuz bermoqda. 22-avgust kuni Xuantay uyezdidagi kimyoviy zavodda yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jabrlandi. 1-sentabrga o‘tar kechasi esa Litszin uyezdidagi zavodda portlash yuz berishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.

Eng yirik portlash 12-avgust kuni Tyanszin shahridagi port omborxonasida yuz berdi. Fojea oqibatida 160 kishi halok bo‘ldi, 800 ga yaqin odam tan jarohati oldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Xitoy sharqidagi

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.