» » Fransiya 24 ming muhojirni qabul qilishga rozilik bildirdi

Скачать Fransiya 24 ming muhojirni qabul qilishga rozilik bildirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Fransiya 24 ming muhojirni qabul qilishga rozilik bildirdi

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning ma’lum qilishicha, uning mamlakati yaqin ikki yil ichida 24 ming qochoqni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Fransiya 24 ming muhojirni qabul qilishga rozilik bildirdi

 

Ollandning ta’kidlashicha, u va Germaniya kansleri Angela Merkel qochoqlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida taqsimlash mexanizmini ishlab chiqqan. Mazkur mexanizmga muvofiq, Ollandning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi har bir mamlakat kuchi yetgan miqdorda qochoqlarni o‘z hududida qabul qilishi kerak.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniya muhofazaga muhtoj barcha qochoqlar yordam olishi uchun barcha choralarni ko‘rishini e’lon qilgandi. Ayni vaqtda, uning hukumati boshpanaga muhtoj bo‘lmagan muhojirlarni tezroq deportatsiya qilish imkonini beradigan o‘zgartishlarni qonunchilikka kiritish bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qilgandi.

Bundan tashqari, Merkelning qo‘shimcha qilishicha, Germaniyadan boshpana so‘raganlar uchun pul to‘lovlari kamaytiriladi, o‘z navbatida, ularga turli imtiyozlar taqdim etiladi. Umuman olganda, Germaniya hukumati yaqin vaqt ichida qochoqlarni qabul qilish uchun olti milliard yevro yuborishni rejalashtirmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Fransiya 24 ming

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.