» » Opel va Chevrolet Rossiya bozorini kutilganidan avval tark etadi

Скачать Opel va Chevrolet Rossiya bozorini kutilganidan avval tark etadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Opel va Chevrolet Rossiya bozorini kutilganidan avval tark etadi

Opel va Chevrolet Rossiya bozorini General Motors avtokonserni taxmin qilganidek yil oxirida emas, balki oktabrdayoq tark etishi mumkin. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Opel va Chevrolet Rossiya bozorini kutilganidan avval tark etadi

 

Dilerlarning zaxiralari oylik savdo ko‘rsatkichlaridan kamligi, ishlab chiqaruvchining omborxonalarida esa mashinalar deyarli qolmagani sabab, Opel va Chevrolet Rossiya avtomobil bozorini kutilganidan avval tark etadigan bo‘lib turibdi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Moskva va Sankt-Peterburgdagi avtosalonlar barcha xaridorgir modellar, xususan, Chevrolet Cruze va Aveo, shuningdek, Opel Mokka va Astra bo‘yicha o‘tkir taqchillikni boshdan kechirmoqda.

“Avtomir” kompaniyasining tijorat ishlari bo‘yicha direktori Vitaliy Groshenkovning ma’lum qilishicha, mashina sotuvchilar Opel va Chevrolet’ning savdolari yil oxiriga qadar davom etadi, deb kutgandi.

“Dilerlarning bir qismi bo‘sh qolgan maydonlarni to‘ldirish uchun boshqa markalar bilan kelishib bo‘ldi, boshqalar esa o‘z markazlari faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishga, masalan, supermarketga aylantirishga harakat qilmoqda, yana qaysidir avtosalonlar esa shunchaki yopilmoqda”, — dedi Groshenkov.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Opel Chevrolet Rossiya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.