» » Qarag‘andada to‘y korteji haydovchisining aybi bilan kuyov vafot etdi

Скачать Qarag‘andada to‘y korteji haydovchisining aybi bilan kuyov vafot etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qarag‘andada to‘y korteji haydovchisining aybi bilan kuyov vafot etdi

Qarag‘anda—Balxash trassasida halokatli yo‘l-transport hodisasini sodir etgan qarag‘andalik haydovchi shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Qarag‘andada to‘y korteji haydovchisining aybi bilan kuyov vafot etdi

 

Kelin va kuyov bo‘lgan avtomobilni haydab kelayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida mashina ag‘darilib ketgan. Uning aybi bilan Yo‘l-patrul politsiyasida xizmat qiluvchi kuyov vafot etgan. Kelin va yana bir boshqa yo‘lovchi jarohatlangan.

Kelinning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi avtomobilni juda yuqori — soatiga taxminan 120 kilometr tezlikda haydab borgan. Fojiagacha kelin hatto haydovchiga tanbeh ham bergan, ammo kuyov kelinni tinchlantirib, bezovta bo‘lmaslikni so‘ragan.

Haydovchi shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi. “Qoidabuzar haydovchi vafot etgan kuyovning qarindoshlariga tovon to‘lab bergani va jabrlangan tomonning sudlanuvchiga nisbatan qattiq jazo bermaslik haqidagi iltimosi sabab, yengil jazo oldi”, — deyiladi “Nur.kz” xabarida.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.