» » Toshkentda Alcatel OneTouch Watch “aqlli” soati 846 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Alcatel OneTouch Watch “aqlli” soati 846 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Alcatel OneTouch Watch “aqlli” soati sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Toshkentda Alcatel OneTouch Watch “aqlli” soati 846 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

 

Qurilma doira shaklidagi korpusga ega bo‘lib, oq va metall ranglarda chiqariladi. U 1,22 dyuym va 240×240 pikselli IPS-displey, 210 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Alcatel OneTouch Watch’da Bluetooth 4.0 LE va NFC, yurak urishi datchigi, akselerometr, giroskop, altimetr va elektron kompas bor. Uning hajmi 41,8×10,5 mm, og‘irligi 60 grammga teng.

Soat yordamida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va xabarlar haqida bilib olish, musiqa va kamerani boshqarish, pulsni tekshirish, sarflangan kaloriyani hisoblash, yurilgan masofani bilish mumkin.

Poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida Alcatel OneTouch Watch 846 ming so‘mdan sotilmoqda.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.