» » Filippin matbuoti: O‘zbekiston! U qanday jamoa o‘zi?

Скачать Filippin matbuoti: O‘zbekiston! U qanday jamoa o‘zi? в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Filippin matbuoti: O‘zbekiston! U qanday jamoa o‘zi?

“Uff.uz” sayti bugun, 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Filippin — O‘zbekiston uchrashuvi haqida mahalliy matbuot fikrlari bilan qiziqdi.

Filippin matbuoti: O‘zbekiston! U qanday jamoa o‘zi?

 

“O‘yinga bo‘lgan chiqishlar yetarli darajada bo‘lmoqda. Bir narsa aniq: bugun Filippin ahli bayramga borgandek stadionga tashrif buyuradi va o‘z termasiga 12-o‘yinchi vazifasini bajarib beradi. Matbuotni kuzatar ekanmiz, O‘zbekiston termasining ipidan-ignasigacha o‘rganilganiga guvoh bo‘ldik. Hatto, futbolchilarimizning ustunlik va kamchilik jihatlar shunday ochib tashlangan”, — deyiladi Uff.uz saytidagi xabarda.

“Hamisha 4-2-3-1 taktikasi ostida o‘ynab kelgan ‘Oq bo‘rilar’ hujumkorlikni yaxshi ko‘radi. Ular maydonda bo‘sh joyni deyarli qoldirmaydi. Sekin-asta jarima maydonchasiga yorib kiradi. Aksariyat hujumlar Odil Ahmedov va Sardor Rashidovlarning xatti-harakatlari evaziga amalga oshiriladi. Natijada hujumda yagona bo‘lgan Igor Sergeyevga uzatma berishadi. O‘zbekistonning o‘yinini o‘qish oson.

Rashidovdan ehtiyot bo‘lish kerak. U chap va o‘ng qanotda bir xil o‘ynaydi va hujumlarga qo‘shilib ketadi. Yamanga qarshi aynan Rashidov va Denisovlar yaxshi o‘ynadi. Mana shu ikki futbolchi to‘pni bir-biriga uzatib, markazda Ahmedovdan hujumlarga ‘qanot’ oladi. Server Jeparovdan ham hayiqish kerak. Unda tajriba yetarli. Ancha vaqtdan beri termaga chaqirilmagan Aleksandr Geynrix ham kuchli zarba va driblingga ega. Bundan tashqari, himoyani Anzur Ismoilov ishonchli qo‘riqlay oladi.

Umuman olganda, O‘zbekiston ‘bir tepar’ uslubini yaxshi o‘zlashtirgan va to‘pni o‘zida tutib tura oladi. Filippin futbolchilari bor e’tiborni Ahmedov va Rashidovga qaratishlari kerak. Ayniqsa, Rashidovning bir daqiqadan keyin qayerda bo‘lishini aniq aytib bo‘lmaydi.

Ularning asosiy maqsadlari 3-saralashga guruhda birinchi o‘rinni olib chiqish. Ushbu Markaziy Osiyo termasi xatolarni kechirmaydi”, — deyiladi mahalliy matbuotning sport rukni ostidagi sahifalarda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Filippin O‘zbekiston

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.