» » UzReport TV YeChL o‘yinlarini namoyish etish huquqini necha pulga sotib olganini sir saqladi

Скачать UzReport TV YeChL o‘yinlarini namoyish etish huquqini necha pulga sotib olganini sir saqladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

UzReport TV YeChL o‘yinlarini namoyish etish huquqini necha pulga sotib olganini sir saqladi

Joriy yilning 8-sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Biznes markazida UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasining UzReport TV telekanali tomonidan translyatsiyasi boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

UzReport TV YeChL o‘yinlarini namoyish etish huquqini necha pulga sotib olganini sir saqladi

 

Avval xabar berib o‘tilganidek, UzReport TV telekanali UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasini O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilish huquqini beruvchi litsenzion paketni xarid qilgan.

Ushbu paket musobaqadan o‘rin olgan futbol uchrashuvlarini, shuningdek, uchrashuvlarning qiziqarli vaziyatlari va o‘yinlarga oid boshqa qiziqarli ma’lumotlar aks etgan Highlights va Magazines kabi ko‘rsatuvlarni televideniye, Internet tarmog‘i va mobil aloqa tizimi orqali translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini o‘z ichiga oladi.

Mazkur matbuot anjumani UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarining translyatsiyasi bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlarni keng ommaga taqdim etish va futbol muxlislari tomonidan shu mavzuda yo‘llanayotgan ko‘plab savollarga javob berish maqsadida tashkil etildi.

Matbuot anjumanida UEFA tarkibiga kiruvchi futbol klublarining eksklyuziv tijorat agenti hisoblangan “Team Marketing” (Shveysariya) agentligi, hamda “Saran Media International” (Malta) kompaniyasi vakillari, shuningdek, UzReport TV telekanali mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

UzReport TV telekanali UEFA Chempionlar Ligasi futbol uchrashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida translyatsiya qilish huquqini rasman qo‘lga kiritgan birinchi telekanalga aylandi”, — deya ta’kidlab o‘tdi “Team Marketing” agentligi vakili Mixails Starodubovs.

UzReport TV telekanali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va teletomoshabinlar orasida sportga bo‘lgan qizqishni oshirish maqsadida joriy yilda sport mavzusini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi konsepsiyani tasdiqladi.

UEFA Chempionlar Ligasi uchrashuvlarining 2015/16-yilgi taqvimiga muvofiq UzReport TV telekanali orqali o‘yinlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalari 15-sentabrdan boshlab amalga oshiriladi. Qayd etish joizki, telekanal yuqorida keltirilgan huquqlarni uchta mavsum uchun sotib olgan bo‘lib, ya’ni 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018 mavsumlarini qamrab oladi.

UzReport TV translyatsiyalar huquqini qanchaga sotib olganini sir saqladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarining sharhi rus va o‘zbek tillarida bo‘lishi matbuot anjumanida aytib o‘tildi. Uchrashuvlarni kim sharhlashi hozircha sir saqlanmoqda va telekanal futbol ixlosmandlari uchun syurpriz qilmoqchi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: UzReport TV YeChL

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.