» » UzReport TV Yevro—2016 uchrashuvlarini translyatsiya qiladi

Скачать UzReport TV Yevro—2016 uchrashuvlarini translyatsiya qiladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

UzReport TV Yevro—2016 uchrashuvlarini translyatsiya qiladi

UzReport TV telekanali futbol bo‘yicha Yevropa chempionatidan o‘rin olgan Yevro—2016 uchrashuvlarini translyatsiya qiladi. Bu haqda 8-sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Biznes markazida UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasining UzReport TV telekanali tomonidan translyatsiya qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

UzReport TV Yevro—2016 uchrashuvlarini translyatsiya qiladi

 

Tadbir davomida UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlari translyatsiyasi huquqi xarid qilinishidan tashqari, UzReport TV telekanali tomonidan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlarini ham O‘zbekiston Respublikasi hududida eksklyuziv tarzda bepul televideniyeda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilish bo‘yicha kelishuv imzolangani haqida xabar berildi.

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlari 2016-yilning 10-iyunidan boshlab to 10-iyuliga qadar Fransiya davlatida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, UzReport TV Angliya chempionati uchrashuvlarini ham namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.