» » UzReport TV APL uchrashuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilish eksklyuziv huquqini xarid qildi

Скачать UzReport TV APL uchrashuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilish eksklyuziv huquqini xarid qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

UzReport TV APL uchrashuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilish eksklyuziv huquqini xarid qildi

UzReport TV telekanali Angliya Premyer-ligasidan o‘rin olgan futbol uchrashuvlarini translyatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 8-sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Biznes markazida UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasining UzReport TV telekanali tomonidan translyatsiya qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

UzReport TV APL uchrashuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilish eksklyuziv huquqini xarid qildi

 

Angliya futbolining O‘zbekistondagi millionlab muxlislari qiziqishlarini inobatga olgan holda, UzReport TV telekanali Angliya Premyer-ligasi (APL) uchrashuvlarini O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bepul televideniyeda namoyish qilish eksklyuziv huquqini ham xarid qilganini rasman e’lon qildi. APL uchrashuvlari joriy yilning noyabr oyidan boshlab UzReport TV telekanali orqali translyatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

Matbuot anjumanida UzReport TV telekanali Bosh direktori Ravshan Djurayev Angliya Premyer-ligasidan o‘rin olgan futbol uchrashuvlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi huquqini xarid qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va teletomoshabinlar orasida sportga bo‘lgan qizqishni oshirish maqsadida sport mavzusini yanada rivojlantirishga qaratilgan telekanalning yangi konsepsiyasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: UzReport TV APL

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.