» » Futbol: O‘zbekiston milliy termasi Filippinni safarda yirik hisobda mag‘lub etdi

Скачать Futbol: O‘zbekiston milliy termasi Filippinni safarda yirik hisobda mag‘lub etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Futbol: O‘zbekiston milliy termasi Filippinni safarda yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 va Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasida Filippinga qarshi safarda kechgan uchrashuvda ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.

Futbol: O‘zbekiston milliy termasi Filippinni safarda yirik hisobda mag‘lub etdi

 

O‘yin O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun juda omadli boshlandi. Odil Ahmedov ilk daqiqadayoq ajoyib zarbasi evaziga hisobni ochdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, 14-daqiqada Sardor Rashidov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Igor Sergeyevning ishonchli o‘yini hisobning yirik ko‘rinishda o‘zgarishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda Filippin vaziyatni o‘nglashga urinib ko‘rdi. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi himoyada ishonchli o‘ynab, hujumlarda keskin harakat qilishda davom etdi. Oqibatda Igor Sergeyev 65-daqiqada dublni rasmiylashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Afsuski, darvozabon Aleksandr Lobanov yo‘l qo‘ygan qo‘pol xato tufayli O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni “quruq” ko‘rinishda yakunlash imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. U qadar xavfli ko‘rinmagan jarima zarbasi vaqtida Lobanov o‘z o‘rnini tashlab chiqdi va gol o‘tkazib yubordi.

Ammo bu goldan so‘ng ham terma jamoamizda bir qator golli vaziyatlar bo‘ldi. Xususan, 79-daqiqada Sardor Rashidov ham dublni rasmiylashtirdi va uchrashuv 5:1 hisobida yakuniga yetdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi muhim o‘yinda g‘alabaga erishdi va saralash guruhida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

JCh-2018 saralashi
Filippin – O‘zbekiston 1:5 (0:3)
Gollar:
Odil Ahmedov (1), Sardor Rashidov (14, 81), Igor Sergeyev (43, 65).

Filippin: Eserij, Palla, Vudland (Aguinaldo, 46), Ramsey (Shrok, 46), Ott, Musag, Yangxazbend, Daysuki, Lyutsena, Patino, Martin
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Stanislav Andreyev (Hasanov, 77), Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov (Sohibov, 74), Sardor Rashidov (Tursunov, 77), Igor Sergeyev.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.