» » Kishinyovdagi ommaviy noroziliklar yangi kuch bilan jonlandi

Скачать Kishinyovdagi ommaviy noroziliklar yangi kuch bilan jonlandi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Kishinyovdagi ommaviy noroziliklar yangi kuch bilan jonlandi

Moldova poytaxti Kishinyov shahri ko‘chalaridagi hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlarida yuz mingga yaqin odam ishtirok etmoqda. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Kishinyovdagi ommaviy noroziliklar yangi kuch bilan jonlandi

 

Namoyishlar tomonidan o‘nga yaqin talablar ilgari surilmoqda. Ular orasida 2016-yil bahorigacha muddatidan avvalgi parlament saylovlarini o‘tkazish, prezident saylovini parlamentdan bevosita xalqqa topshirish, mamlakat prezidenti Nikolay Timoftini, Moldova Bosh prokuraturasi va Milliy banki rahbariyatini iste’foga chiqarish kabilar bor.

Bundan tashqari, 2014-yil oxirida mamlakat tijorat banklaridan offshorlarga olib chiqib ketilgan bir milliard yevroni ham mamlakatga qaytarish namoyishchilarning asosiy talablaridan biri bo‘lib turibdi.

Qayd etishlaricha, bu 2015-yil bahoridan beri Moldovada kuzatilayotgan kamida to‘rtinchi yirik norozilik namoyishlaridir. Siyosiy talablar bilan birga maishiy muammolar — elektr va gaz narxining oshishi, non va boshqa mahsulotlar narxining qimmatlashuvi kabilar ham ko‘payib bormoqda.

30-iyul kuni ish boshlagan yangi vazirlar mahkamasi mazkur muammolarga qarshi qanday kurashishi hozircha noma’lum, biroq hukumat o‘z oldiga yevrointegratsiyani davom ettirish, Rossiya bilan munosabatlarni jonlantirish, NATO bilan hamkorlikni saqlab qolish kabi muhim vazifalarni qo‘ygan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Kishinyovdagi ommaviy

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.