» » Lufthansa uchuvchilari ish tashlashni davom ettirmoqda

Скачать Lufthansa uchuvchilari ish tashlashni davom ettirmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Lufthansa uchuvchilari ish tashlashni davom ettirmoqda

Germaniyada Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilari ikkinchi kundirki ish tashlash o‘tkazmoqda. “Segodnya.ua”ning xabar berishicha, fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari kasaba uyushmasi — Vereinigung Cockpit e’lon qilgan ish tashlashga 9-sentabr kuni yaqin va o‘rta masofalardagi reyslarda xizmat qiluvchi uchuvchilar ham qo‘shiladi.

Lufthansa uchuvchilari ish tashlashni davom ettirmoqda

 

Avvalroq, 8-sentabr kuni uzoq masofalarga parvoz qiluvchi uchuvchilar boshlab bergan ish tashlash natijasida Frankfurt, Myunxen, Dyusseldorf va boshqa shaharlardagi 84 reys bekor qilingan edi. 9-sentabrdagi norozilik namoyishi natijasida esa yuzlab reyslar bekor qilinishi mumkin va Lufthansa bu haqda yo‘lovchilarni ogohlantirishni boshlagan.

Umuman, 9-sentabr kuni Lufthansa kompaniyasi tizimidagi aviakompaniyalar jami 1520 ta, jumladan, 1350 ta ichki va Yevropa doirasida hamda 175 ta qit’alararo parvozni amalga oshirib, 180 ming yo‘lovchini manziliga yetkazib qo‘yishi ko‘zda tutilgan edi.

Qayd etish joiz, 2014-yil aprelidan beri Lufthansa uchuvchilari 12 marta ish tashlash uyushtirdi. Xabar berishlaricha, o‘tgan yilgi ish tashlashlar natijasida aviakompaniya ko‘rgan umumiy zarar miqdori 300 million yevrodan oshib ketgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Lufthansa uchuvchilari

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.