» » Braziliyalik uysiz garovdagi ayolni qutqarish yo‘lida jonini qurbon qildi

Braziliyalik uysiz garovdagi ayolni qutqarish yo‘lida jonini qurbon qildi

Braziliyada uysiz fuqaro garovga olingan ayolni qutqarish yo‘lida o‘z jonini fido qildi. Unilad xabariga ko‘ra, huquqbuzarga hujum qilarkan, uysizning ko‘kragini ikki o‘q teshib o‘tgan.

Braziliyalik uysiz garovdagi ayolni qutqarish yo‘lida jonini qurbon qildi

 

Doimiy istiqomat joyi bo‘lmagan Fransisko Erazmo Rodriges de Lima San-Pauludagi Kafedral cherkovi yaqinida to‘pponcha bilan qurollangan erkak bir ayolni yerga yotqizib olib, uni o‘ldirish bilan tahdid qilayotganini payqab qolgan.

Internetda tarqalgan videoyozuvda de Lima jinoyatchiga hujum qilib, uni jabrlanuvchidan uzoqlashtirib yuborgani tasvirlangan. Shu vaqt unga qarata birinchi o‘q otilgan, biroq bu de Limani to‘xtata olmagan. O‘qotar politsiyachi tomonidan o‘ldirilishidan avval uysizga qarata ikkinchi marta o‘q uzishga ulgurgan.

Ayolni qutqarib qolgan uysiz hodisa joyida vafot etgan. Yuz bergan hodisadan xabar topgan minglab internet foydalanuvchilar mamlakat hukumatini qahramonni munosib xotirlashga va izzat-ikrom bilan dafn etishga chaqirdi.

Politsiyachilarning ma’lum qilishicha, de Lima yordamida yo‘q qilingan jinoyatchi umrining 22 yilini panjara ortida o‘tkazgan. U o‘g‘rilik, moddiy zarar va tan jarohati yetkazganlik jinoyatlari uchun jazoni o‘tagan.


Manba: Daryo.uz






Метки: Braziliyalik uysiz

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.