» » Yevro—2016 saralashi. Rossiyadan yirik g‘alaba, Angliya Shveysariyadan ustun keldi

Скачать Yevro—2016 saralashi. Rossiyadan yirik g‘alaba, Angliya Shveysariyadan ustun keldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yevro—2016 saralashi. Rossiyadan yirik g‘alaba, Angliya Shveysariyadan ustun keldi

Yevro—2016 saralashi. Rossiyadan yirik g‘alaba, Angliya Shveysariyadan ustun keldi

 

Kecha, 8-sentabr kuni Ko‘hna qit’aning bir qator stadionlarida Yevropa chempionatining saralash bosqich 8-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Rossiya terma jamoasi Lixtenshteyn mehmoni bo‘lib, yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Zyuba to‘rtta golga mualliflik qilib, “poker” qayd etdi, debxabar beradi “Olamsport”.

O‘tgan turda Rossiyaga imkoniyatni boy bergan Shvetsiya bu safar kutilmaganda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Avstriyaga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi. Ispaniya terma jamoasi Xuan Mataning yagona goli evaziga Makedoniya maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. Angliya terma jamoasi “Uembli” stadionida Shveysariyani 2:0 hisobida yengdi. Slovakiya – Ukraina terma jamoalari uchrashuvida hisob ochilmadi.

Yevro—2016. Saralash bosqichi. 8-tur

C guruhi
Belarus – Lyuksemburg 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 34 Gordeychuk, 2:0 – 62 Gordeychuk.

Makedoniya – Ispaniya 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 8 Mata.
Ispaniya – De Xea, Karvaxal, Ramos, Pike, Bernat, Buskets, Kasorla (Koke, 69), Mata, Isko (Inyesta, 78), Silva, Diyego Kosta (Pako Alkaser, 62).

Slovakiya – Ukraina 0:0 (0:0)

E guruhi
Angliya – Shveysariya 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 67 Keyn, 2:0 – 84, penalti Runi.
Angliya – Xart, Smolling, Klayn (Stounz, 68), Keyxill, Shou, Shelvi (Keyn, 57), Milner, Sterling, Delf (Barkli, 3), Oksleyd-Chemberlen, Runi.

Litva – San-Marino 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Chernix, 1:1 – 55 Vitayoli, 2:1 – 90 Spalvis.
Chetlatishlar: Arlauskis (50, Litva), Kyarutssi (88, San-Marino).

Sloveniya – Estoniya 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 63 Berich.

G guruhi
Lixtenshteyn – Rossiya 0:7 (0:3)
Gollar: 0:1 – 21 Zyuba, 0:2 – 40, penalti Kokorin, 0:3 – 45 Zyuba, 0:4 – 73 Zyuba, 0:5 – 77 Smolov, 0:6 – 85 Zagoyev, 0:7 – 90 Zyuba.
Rossiya – Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Smolnikov, Kombarov, Shirokov (Smolov, 75), Denisov (Glushakov, 46), Zagoyev, Shatov (Mamayev, 65), Kokorin, Zyuba.
Chetlatish: Kaufmann (40, Lixtenshteyn).

Moldova – Chernogoriya 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 9 Savich, 0:2 – 65, avtogol Raku.

Shvetsiya – Avstriya 1:4 (0:2)
Gollar: 0:1 – 9, penalti Alaba, 0:2 – 38 Xarnik, 0:3 – 76 Yanko, 0:4 – 88 Xarnik, 1:4 – 90 Ibragimovich.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.