» » Moldova prezidenti iste’foga chiqish niyatida emasligini ma’lum qildi

Moldova prezidenti iste’foga chiqish niyatida emasligini ma’lum qildi

Moldova prezidenti Nikolay Timofti poytaxt Kishinyovning bosh maydonidagi norozilik namoyishi qatnashchilari talabiga ko‘ra iste’fo berish niyatida emas. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Moldova prezidenti iste’foga chiqish niyatida emasligini ma’lum qildi

 

“Men iste’foga chiqmayman, — deya ta’kidlagan davlat rahbari. — Bunday qaror Moldovadagi vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin”.

6-sentabr, yakshanba kuni mamlakatda keyingi 20 yil mobaynidagi eng katta norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari prezident va hukumat iste’fo berishi hamda muddatidan oldin parlament saylovi o‘tkazilishini talab qilmoqda.


Manba: Daryo.uz


Метки: Moldova prezidenti

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.