» » Ramzan Qodirov Qur’on suralarini ekstremistik ma’lumot sifatida tan olgan rossiyalik sudyani milliy sotqin deb atadi

Скачать Ramzan Qodirov Qur’on suralarini ekstremistik ma’lumot sifatida tan olgan rossiyalik sudyani milliy sotqin deb atadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ramzan Qodirov Qur’on suralarini ekstremistik ma’lumot sifatida tan olgan rossiyalik sudyani milliy sotqin deb atadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Qur’onning ba’zi suralarini ekstremistik ma’lumot sifatida tan olgan Janubiy Saxalin sudi sudyasi Natalya Perchenkoni milliy sotqin deb atadi. “TASS”ning xabar berishicha, hozirgi vaqtda Qodirovning ko‘rsatmasiga muvofiq, sudyaning mazkur qarori ustidan apellyatsion shikoyat tayyorlangan.

Ramzan Qodirov Qur’on suralarini ekstremistik ma’lumot sifatida tan olgan rossiyalik sudyani milliy sotqin deb atadi

 

“Bu qarorni chiqarganlar (sudya Natalya Perchenko va prokuror Tatyana Bilobroves) — milliy sotqinlar va shaytonlardir! Mazkur sud qarorini qabul qilgan va bu bilan mamlakatimizdagi vaziyatni portlatishga uringan ig‘vogarlarni qattiq jazolashni talab qilaman”, — dedi Qodirov.

“Agar ularga nisbatan qonuniy yo‘l bilan munosib chora ko‘rilmasa, u holda meni jinoyatchiga aylantirishadi. Men ularni shaxsan javob berishga chaqiraman, chunki hayotimda Qur’ondan ham yuqoriroq turadigan hech narsa yo‘q. Men uni oxirigacha himoya qilaman”, — dedi Qodirov.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sudning qarorini “Rossiyadagi barqarorlikni qasddan izdan chiqarishga qaratilgan” eksremistik harakat deb tan olinishini talab qilish sud qarori ustidan shikoyat berilganidan keyingi qadam bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, ekstremistik deb tan olingan “Al-Fotiha” surasi bilan “jahondagi bir yarim milliard musulmon barcha ibodatlari va harakatlarini boshlaydi”.

Avvalroq Rossiyaning Janubiy Saxalin sudi sudyasi Natalya Perchenko prokuror Bilobrovesning da’vosiga asosan, “Xudoga ibodat qilish: uning Islomdagi ahamiyati” nomli kitobni “ekstremistik material” deb tan olgandi. Bunga kitobda Qur’onning “Al-Fotiha”, “Al-Jin” kabi suralaridan keltirilgan iqtiboslar sabab bo‘lgan.

 

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.