» » Bangkok osmonida portlagan obyekt kichik yakka meteoroid bo‘lib chiqdi

Скачать Bangkok osmonida portlagan obyekt kichik yakka meteoroid bo‘lib chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Bangkok osmonida portlagan obyekt kichik yakka meteoroid bo‘lib chiqdi

Bangkok osmonida portlagan samoviy jism diametri 1—2 metrga teng tezkor yakka meteoroid bo‘lgan. Bu haqda, rossiyalik astronomlar taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Bangkok osmonida portlagan obyekt kichik yakka meteoroid bo‘lib chiqdi

 

Xalqaro meteor tashkilotining Meteorlarni kuzatish tarmog‘i ma’muri Mixail Maslovning so‘zariga ko‘ra, portlash turi obyektning uncha katta bo‘lmagani, taxminan 1—2 metr diametrga ega bo‘lganiga dalildir.

Obyektning sezilarli darajada tez harakatlangani esa uning fazoviy chiqindi yoki fazoviy kema bo‘lagi ekani haqidagi taxminlarni “99 foizga” yo‘qqa chiqaradi.

“Taxmin qilingan obyektlar ancha past tezlikda — soniyasiga 15—20 kilometr tezlikda harakatlanadi, Bangkokdagi obyektning tezligi esa soniyasiga 70 kilometrga teng edi”, — dedi Maslov.

Astronomik tasnifga muvofiq, hajmi 0 dan 30 metrgacha bo‘lgan, atmosferaga kirib, Yergacha yetib kelmagan samoviy jism meteoroid deb ataladi. Agar obyekt oxir-oqibat Yerga qulaydigan bo‘lsa, u meteorit deb hisoblanadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Bangkok yakka

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.