» » Eronda 5800 yil avval yashagan odam suyaklari topildi

Eronda 5800 yil avval yashagan odam suyaklari topildi

Eronda arxeologlar bundan 5800 yil avval yashagan inson skeletini topdi. “TASS” xabariga ko‘ra, jasad Sheroz shahridan taxminan 20 kilometr shimoldagi Lapuyi tepaligida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan.

Eronda 5800 yil avval yashagan odam suyaklari topildi

 

Arxeologlarning fikricha, suyaklar 30—35 yoshida vafot etgan erkakka tegishli. Tadqiqotchilar rahbari Navro‘z Rajabiyning so‘zlariga ko‘ra, skelet quruq tuproq qatlamida yaxshi saqlangan va o‘sha davrlarda bu yerlarda yashagan odamlar hayoti haqida ko‘p ma’lumot berishi mumkin.

Arxeologning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada joylashgan qishloqlar tarixi miloddan avvalgi 3700—3300-yillarga borib taqaladi. Qabrdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Ahamoniylar saltanatining qadimiy poytaxti — Persepolis shahri qoldiqlari joylashgan.


Manba: Daryo.uz


Метки: Eronda 5800

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.