» » Apple yangi iPhone’lar taqdimotini o‘tkazdi

Скачать Apple yangi iPhone’lar taqdimotini o‘tkazdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Apple yangi iPhone’lar taqdimotini o‘tkazdi

Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni San-Fransiskoda tashkil etilgan taqdimotda yangi iPhone mobil telefonlarining yangi avlodini namoyish etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Apple yangi iPhone’lar taqdimotini o‘tkazdi

 

Ikki yangi model iPhone 6s va iPhone 6s Plus nomlarini oldi. Mazkur qurilmalarda tatbiq etilgan eng muhim yangiliklardan biri — telefon ekraniga bosish kuchini aniqlay oladigan 3D Touch texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashidir.

Smartfonning orqa tomonida joylashgan kameraning ajrata olishi 12 megapikselgacha oshirilgan — bir avlod eski iPhone’ning kamerasi 8 megapikselli edi.

“Gazeta.ru”ning yozishicha, yangi qurilmaga A9 protsessori o‘rnatilgan. Bundan tashqari, oldindan taxmin qilinganidek, Siri’ni yoqish uchun endi tugmalarni bosish shart emas — elektron yordamchini “Hey, Siri” jumlasi bilan “uyg‘otish” mumkin.

Avvalroq, San-Fransiskodagi taqdimot davomida Apple o‘z tarixidagi eng katta planshet — iPad Pro’ni namoyish etgani haqida xabar berilgan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Apple iPhone

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.