» » Apple 13 dyuymli iPad’ni taqdim etdi

Скачать Apple 13 dyuymli iPad’ni taqdim etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Apple 13 dyuymli iPad’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni San-Fransiskoda tashkil etilgan taqdimotda iOS tizimida ishlaydigan yangi planshet — iPad Pro’ni namoyish etdi. Meduza xabariga ko‘ra, qurilma diagonali 12,9 dyuymga teng, bir marta quvvatlantirilganda 10 soatgacha ishlay oladi.

Apple 13 dyuymli iPad’ni taqdim etdi

 

Apple kompaniyasi iPad Pro bilan birga bir necha qo‘shimcha uskunalarni, xususan, planshet uchun alohida klaviaturasi bor g‘ilof, Apple Pencil nomli stilus (qalam)ni taqdim etdi. Yangi iPad’ning og‘irligi 700 grammga yaqin.

Qiymati 799 dollardan 1079 dollargacha bo‘lgan yangi iPad Pro’ning savdosi 2015-yil noyabridan boshlanadi. Apple Pencil stilusining narxi 99 dollarga, klaviaturali g‘ilof qiymati esa 169 dollarga teng.

Bundan tashqari, Apple texnik tavsifi iPad Air 2 niki bilan to‘liq bir xil, biroq o‘lchamlari kichikroq bo‘lgan iPad mini 4 chiqarilishini ham ma’lum qildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Apple 13 dyuymli iPad

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.