» » Angren-Pop temir yo‘l liniyasini qurish ishlari yakunlanmoqda

Скачать Angren-Pop temir yo‘l liniyasini qurish ishlari yakunlanmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Angren-Pop temir yo‘l liniyasini qurish ishlari yakunlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi “Angren-Pop elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bunyod etilayotgan mazkur elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasi eng avvalo mamlakatda yagona milliy temiryo‘l tarmog‘i yaratish imkonini beradi, deb yozadi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Angren-Pop temir yo‘l liniyasini qurish ishlari yakunlanmoqda

 

Ushbu temir yo‘lning uzunligi 123,1 km ni tashkil etadi. Loyihaning tunneldan tashqari qismida, ya’ni tunnelning ikkita portaliga olib boruvchi yo‘nalishda ko‘zda tutilgan barcha ishlar mustaqillik bayrami arafasida to‘liq tugatildi. Ushbu hududda 43  million kub metr tuproq ishlari hamda 16,3 million kub metr burg‘ulash-portlatish ishlari to‘liq amalga oshirildi.

Loyiha asosida 285 ta sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 km ni tashkil etuvchi 13 ta temiryo‘l ko‘prigi, 6 ta yo‘l o‘tkazgich, 4 ta temiryo‘l stansiyasi, 4 ta razyezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi.

Loyiha doirasida 19,1 km uzunlikda qurilayotgan temiryo‘l tunnelining asosiy stvolini qazish ishlari g‘arbiy va sharqiy portallar va qo‘shimcha uchta yonbosh shaxtalarda olib borilishi natijasida bugungi kungacha 14 kilometr uzunlikda tunnel qazildi. Qo‘shimcha tunnelda esa qariyb 15 kilometr uzunlikda qazish ishlari bajarildi. Shuningdek, 10 km dan oshiq pardozlash ishlari amalga oshirildi.

Angren-Pop elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasi qurilishi loyihasi murakkabligi bo‘yicha dunyo miqyosida birinchi 8 talikdan, loyiha doirasida qurilayotgan tunnel uzunligi bo‘yicha birinchi 13 talikdan joy olgan.

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida yuklarni tashish bir necha barobar arzonlashadi, ularni yetkazib berish muddati esa ikki marta qisqaradi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Angren-Pop

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.