» » Iordaniya shahzodasi FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘yishi haqida rasman e’lon qildi

Скачать Iordaniya shahzodasi FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘yishi haqida rasman e’lon qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Iordaniya shahzodasi FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘yishi haqida rasman e’lon qildi

Iordaniya shahzodasi Ali bin Al Husayn o‘z nomzodini Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligi uchun ilgari surishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Iordaniya shahzodasi FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘yishi haqida rasman e’lon qildi

 

“Men FIFA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodimni ikkinchi marta qo‘yishga qaror qildim”, — dedi u.

Nashr eslatishicha, avvalroq FIFA tashkilotning yangi prezidentini saylash kunini belgilagan edi. Saylov 2016-yilning 26-fevralida bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan saylovda al Husayn Blatterning yagona raqibi bo‘lgan. Biroq birinchi bosqichdan so‘ng Iordaniya shahzodasi o‘z nomzodini olib tashlagan edi. O‘shanda Blatter uchun 133 ta, al Husayn uchun 73 ta mamlakat ovoz bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidenti Yozef Blatter korrupsion mojaro sabab iste’foga chiqishini e’lon qildi. Yozef Blatter 1998-yildan beri FIFAga rahbarlik qilib kelayotgandi. 29-may kuni u navbatdagi muddatga saylangan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.