» » Eron va Gretsiya Rossiya harbiy samolyotlarining o‘z hududlari orqali Suriyaga uchib o‘tishiga ruxsat berdi

Скачать Eron va Gretsiya Rossiya harbiy samolyotlarining o‘z hududlari orqali Suriyaga uchib o‘tishiga ruxsat berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Eron va Gretsiya Rossiya harbiy samolyotlarining o‘z hududlari orqali Suriyaga uchib o‘tishiga ruxsat berdi

9-sentabr kuni Eron o‘z havo hududi Suriyaga yuk yetkazib berayotgan Rossiya yuk tashuvchi harbiy samolyotlari tomonidan foydalanilishi uchun ruxsat berdi, deya xabar qiladi “Liga.News” Rossiyaning Erondagi elchixonasiga tayanib.

Eron va Gretsiya Rossiya harbiy samolyotlarining o‘z hududlari orqali Suriyaga uchib o‘tishiga ruxsat berdi

 

Xabarda ta’kidlanishicha, xuddi shunday tadbirni 31-avgust kuni Gretsiya ham qo‘llagan va Suriyaga yo‘l olgan Rossiya harbiy samolyotlariga o‘z hududini ochgan.

Shu tariqa, Bolgariya orqali o‘tish uchun ushbu davlatga o‘z yuklarini tekshirtirishni istamagan Rossiyada yuklarni Suriyaga yetkazib berish uchun muqobil yo‘nalish paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariya 1-sentabrdan 24-sentabrga qadar Suriyaga gumanitar yuk yetkazishi lozim bo‘lgan Rossiya samolyotlarini o‘zining havo hududi orqali o‘tkazishdan bosh tortgani xabar berilgan edi. Bolgariya tashqi ishlar vazirligi vakili buning sababini izohlar ekan, “samolyotlardagi yuk nima maqsad uchun mo‘ljallangani borasida shubha uyg‘onishi uchun yetarlicha ma’lumotga egamiz”, deya ta’kidlagan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Eron Gretsiya Rossiya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.