» » Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya termasi Slovakiya yig‘inini yakunladi

Скачать Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya termasi Slovakiya yig‘inini yakunladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya termasi Slovakiya yig‘inini yakunladi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi o‘rtoqlik turnirida ishtirok etdi, deb xabar beradiO‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya termasi Slovakiya yig‘inini yakunladi

 

Terma jamoalar markazi qaroriga ko‘ra, olimpiya terma jamoasi bosh murabbiy Viktor Jalilov milliy terma jamoa bilan qolib, O‘zbekiston U-23 termasini ushbu turnirga Dilshod Nuraliyev olib ketgandi. Nuraliyev boshchiligidagi jamoa yig‘indagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni Bobur Yo‘ldoshev kiritgan edi.

O‘rtoqlik turniridagi ikkinchi uchrashuvda esa o‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kiritgan yagona golga zaxiradan maydonga tushgan Zabixullo O‘rinboyev mualliflik qildi. Shundan so‘ng BAA hamda Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoalariga qarshi yana bir martadan nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi. BAA bilan bo‘lgan ikkinchi o‘yinda hisob 1:1 ko‘rishini oldi va O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi golini Temur Hakimov kiritdi. Saudiya Arabistoniga qarshi ikkinchi uchrashuvda esa hisob ochilmadi. Shu tariqa olimpiya terma jamoasining Slovakiya yig‘ini yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016-yilning yanvar oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Osiyo chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 12-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Futbol O‘zbekiston

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.