» » Noyabr oyida Toshkentda Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Скачать Noyabr oyida Toshkentda Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Noyabr oyida Toshkentda Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati 2015-yil 5—6-noyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Noyabr oyida Toshkentda Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

 

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish davlat dasturiga kiritilgan yetakchi korxonalarni taqdim etish va ularni ishlab chiqarishning modernizatsiyalanishi va texnologik yangilanishini ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini tashkil etish, shuningdek, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish imkoniyatiga ega strategik chet el investorlariga sotuvga chiqarishdir.

Forumda O‘zbekiston Hukumati a’zolari, vazirlik va idoralari rahbarlari, rasmiy xorijiy delegatsiyalar, yetakchi chet el kompaniyalari, investitsiya fondlari va banklari, shuningdek, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va shu kabi boshqa xalqaro moliya muassasalari rahbarlari ishtirok etadi.

Tadbir dasturidan plenar yig‘ilishlar, yirik chet el investorlarining O‘zbekistonda biznes yuritish tajribasiga oid ma’ruzalari, iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha seksiyaviy yig‘ilishlar va ular doirasidagi xususiylashtirish uchun taklif etilayotgan obyektlar taqdimoti, korxonalarga tashrif, shuningdek, tadbirning biznes sohaga doir qismini to‘ldirish maqsadida ko‘hna Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari ziyoratini o‘z ichiga olgan madaniy dastur o‘rin olgan.

Xalqaro investitsiya forumi chet el investorlarining o‘zaro manfaatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, istiqbolli va tezkor sur’atlarda rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bozorida yangi imkoniyatlarni ochishiga xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun www.investuzbekistan.uz veb-saytidagi ro‘yxatga olish shaklini to‘ldirib, taqdim etish lozim. Forum to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot va strategik chet el investorlariga taklif etilajak O‘zbekiston Respublikasi korxonalariga oid materiallar ham mazkur saytdan o‘rin olgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.