» » Ramzan Qodirov Rossiya Bosh prokuraturasi tanqidiga javob berdi

Скачать Ramzan Qodirov Rossiya Bosh prokuraturasi tanqidiga javob berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ramzan Qodirov Rossiya Bosh prokuraturasi tanqidiga javob berdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Bosh prokuraturasining sudya va prokurorlarni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarda haqorat qilmaslik lozimligi to‘g‘risidagi bayonotiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ramzan Qodirov Rossiya Bosh prokuraturasi tanqidiga javob berdi

 

“Men Qur’onni ‘ekstremistik kitob’ deb topgan sudya va prokurorni ‘shaytonlar’ deb atadim. Hujjatning ularning professional faoliyatlariga hech qanday aloqasi yo‘q. Rossiya qonunlari va manfaatlarini himoya qilish o‘rniga ular o‘zlarining ahmoqona qarorlari bilan barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solmoqda.

Bosh prokuratura vakilining ‘huquqiy masalalarni huquqiy asosda hal etish’ borasidagi maslahati juda g‘alati, chunki sudning Qur’on haqidagi qarorini o‘zi qonuniy emas”, — deya ta’kidlagan Qodirov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. U, shuningdek, Janubiy Saxalin sudi sudyasi va prokurori sha’niga nisbatan aytgan so‘zlaridan qaytmasligi, ular Rossiya va dunyodagi millionlab musulmonlarni oshkora haqorat qilganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Bosh prokuraturasi vakili Mariya Gridneva o‘z bayonotida Ramzan Qodirovni sudya va prokurorlarni haqorat qilishda ayblagan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.