» » Sudxo‘rlik og‘ir gunoh ekanligi ta’kidlandi

Скачать Sudxo‘rlik og‘ir gunoh ekanligi ta’kidlandi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Sudxo‘rlik og‘ir gunoh ekanligi ta’kidlandi

Toshkent shahar Uchtepa tuman bosh imom xatibi Quvondiq Boymurodov sudxo‘rlikning og‘ir gunoh ekanligini ta’kidlagan holda, bir qancha misollarni keltirib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Sudxo‘rlik og‘ir gunoh ekanligi ta’kidlandi

 

“Sahoba Jobir (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg‘ambar (alayhissalom) ribo yeguvchini ham, yediruvchini ham, uni yozuvchi va unga guvoh bo‘lganlarning barini la’natladilar va ‘Ular tengdir’, dedilar.

Shunga binoan sudxo‘rlikni qayd etishda, olishda-berishda, saqlashda, umuman qanday tarz-da bo‘lsa ham, unga ko‘maklashish harom bo‘ladi”, — deyiladi maqolada.

“Abdulloh ibn Hanzala (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar (alayhissalom): ‘Kishining bilaturib sudxo‘rlikdan bir dinor yemog‘i, o‘ttiz olti zinodan (gunohda) og‘irroqdir’, deganlar (Imom Ahmad rivoyati). Sudxo‘rlikning haromligi hammaga bir xil, boy-kambag‘al hech kim ajratilmagan, balki har bir holat, har bir shaxsga taalluqlidir. Qancha-qancha boy-badavlat kishilar, katta savdogarlar, sudxo‘rlik sababidan kasodga uchraganlariga voqe’lik dalildir. Hech qursa, molining hisob-sanog‘i ko‘p bo‘lsa-da, barakasi bo‘lmaydi. Payg‘ambar (alayhissalom): ‘Riboda (mol) ko‘paysa ham, oqibati kamlik bo‘ladi’, deganlar. Shuningdek, ribo foizning baland yoki past bo‘lishi bilan belgilanmaydi. Uning ozi ham, ko‘pi ham haromdir. Sudxo‘r qiyomat kuni shaytonu jinlar urgan kishidek qabridan alaxsirab turadi.

Sudxo‘rlik gunohini qilgan kimsa tavba qilsa, Alloh taolo afv etadi: ‘Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o‘zingizga, zulm ham qilmassiz, zulm ham ko‘rmaysiz’ (Baqara, 279). Mo‘min gunohlardan nafratlanishi va ularning qabihligini his etishi zarur. Boshda bilmasdan ribo aralashgan joylarga boyliklarini qo‘ygan yoki riboli ishlarga aralashib qolganlar bo‘lsa, Allohga istig‘for aytishlari va bundan boshqa pulni ko‘paytiradigan halol va barakali yo‘llarni izlashlari zarur bo‘ladi. Chunki Alloh taolo pok, binobarin, pok narsalarnigina qabul qiladi. Musulmonman deguvchi har bir shaxs, qanday yo‘sinda bo‘lishidan qat’iy nazar, ribodan foydalanishi mumkin emas”, — deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytidagi maqolada.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Sud

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.