» » Toshkentda nemis tilida so‘zlashuvchi havaskor teatr guruhlarining 8-teatr festivali o‘tkaziladi

Скачать Toshkentda nemis tilida so‘zlashuvchi havaskor teatr guruhlarining 8-teatr festivali o‘tkaziladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda nemis tilida so‘zlashuvchi havaskor teatr guruhlarining 8-teatr festivali o‘tkaziladi

2015-yil 12—13-sentabr kunlari O‘zbekiston Yoshlar teatri sahnasida nemis tilida so‘zlashuvchi o‘zbekistonlik havaskor teatr guruhlarining an’anaviy teatr festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Madaniyat va matbuot bo‘limi “Daryo”ga xabar qildi.

Toshkentda nemis tilida so‘zlashuvchi havaskor teatr guruhlarining 8-teatr festivali o‘tkaziladi

 

Ushbu festival doirasida Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi Wiedergeburt nemis madaniyati markazlarining havaskor teatr guruhlari so‘nggi bir yil davomida o‘zlashtirgan asarlarni sahnada namoyish etadi. Teatr festivali arafasida ushbu guruhlar germaniyalik teatrshunos-pedagog Yoaxim Byurkert ishtirokidagi seminar-mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Festivalni o‘z qishlog‘iga noma’lum uchar jism qo‘nganligi haqida Sotvoldi hikoya qiladigan mashhur “Abdullajon” filmiga asoslangan sahna asari ijrosi bilan farg‘onalik havaskor teatr guruhi boshlab beradi. Buxoro vakillari esa uylanish uchun malika qidirayotgan kambag‘al shahzoda haqida hikoya qiluvchi “Cho‘chqaboqar” nomli asar bilan sahnaga chiqadi.

Festivalning ikkinchi kuni toshkentlik ijrochilarning yaqindagina o‘z turmush o‘rtoqlarini qabrga qo‘ygan ikki nafar ayolning chigal taqdiri haqida hikoya qiluvchi “Bevalar” nomli asari bilan boshlanadi. Samarqand shahri vakillari namoyish etadigan “O‘z ichimizda” nomli asarda esa nemis jamiyatida chet elliklarga nisbatan munosabatlarning turfa xilligi tilga olinadi.

Barcha asarlar nemis tilida ijro etiladi.

Ushbu tadbir avvalambor Toshkent shahridagi maktab, litsey, kollej va oliygohlarning nemis tilini yaxshi biladigan o‘quvchi va talabalariga mo‘ljallangan. Festival 12-sentabr kuni soat 17:00 da va 13-sentabr kuni soat 16:00 da boshlanadi. Spektakllarga kirish bepul.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Toshkentda nemis

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.