» » 14-sentabrdan O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda

Скачать 14-sentabrdan O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

14-sentabrdan O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazining ma’lum qilishicha, keyingi hafta boshlarida O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kunduzgi ob-havoning birdaniga 8—10 daraja pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.

14-sentabrdan O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 11—13-sentabr kunlari harorat kechasi 13—18 daraja, kunduzi 30—35 daraja atrofida bo‘ladi. 14-sentabrdan esa kechki ob-havo ko‘rsatkichi 10—15 daraja, kunduzi 22—27 darajani tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda 11—13-sentabr kunlari havo harorati kunduzi 33—38 daraja bo‘lsa, 14-sentabrdan 25—30 darajagacha pasayadi.

Tog‘li hududlarda oz miqdorda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.