» » Xitoydagi qishloq ma’muriyati itlarni o‘ldirish bilan aholiga tahdid qildi

Скачать Xitoydagi qishloq ma’muriyati itlarni o‘ldirish bilan aholiga tahdid qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoydagi qishloq ma’muriyati itlarni o‘ldirish bilan aholiga tahdid qildi

Xitoy sharqidagi qishloqlardan birining ma’muriyati aholining barcha itlarini qirib tashlash bilan tahdid qildi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.

Xitoydagi qishloq ma’muriyati itlarni o‘ldirish bilan aholiga tahdid qildi

 

“Odamlar 10-sentabrga qadar o‘z itlarini “bir yoqlik” qilishlari kerak, aks holda, qishloq ma’muriyati uyma-uy yurib, itlarni o‘ldirish bilan shug‘ullanadigan maxsus odamlarni tayinlaydi”, — deyiladi tarqatilgan bayonotda.

Unda qayd etilishicha, uy hayvonlariga nisbatan mazkur taqiq “jamoat gigiyenasi talablariga rioya etish zarurati” sabab joriy etilmoqda. Bundan tashqari, qishloq aholisi tungi vaqtda itlarning vovullab, tinchlik bermasligidan shikoyat qilgan.

O‘z navbatida, jonivorlarning egalari itlarni qonuniy yo‘l bilan sotib olganliklarini ta’kidlamoqda. Huquqni muhofaza qilish organlarning xodimlari ham itlarning egalari fikriga qo‘shilib, uyga beruxsat kirish qonun buzilishi sifatida talqin etilishini tasdiqladi.

Xitoyda taxminan 130 million it yashaydi, ularning 27 millioni shahar aholisining uy hayvoni hisoblanadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.