» » Tojikistonlik harbiylar to‘rt jangarini yo‘q qildi

Скачать Tojikistonlik harbiylar to‘rt jangarini yo‘q qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tojikistonlik harbiylar to‘rt jangarini yo‘q qildi

Tojikistonlik harbiylar Ramit darasida olib borilayotgan aksilterrorchilik operatsiyalari chog‘ida yana to‘rt jangarini yo‘q qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. Terrorchilikda gumonlangan 17 kishi qo‘lga olindi.

Tojikistonlik harbiylar to‘rt jangarini yo‘q qildi

 

“Respublika mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzoda rahbarligidagi aksilhukumat guruhiga qarshi olib borilayotgan operatsiya Dushanbedan 150 km sharqdagi olis tog‘ darasida davom etmoqda”, — deyiladi IIV xabarida. Unda ta’kidlanishicha, maxsus operatsiyalar chog‘ida o‘tgan sutkada sakkizda Kalashnikov avtomati, bitta pulemyot va ko‘p miqdordagi o‘q-dorilar musodara qilindi.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 4-sentabrdan buyon operatsiyalar davomida Nazarzodaning jami yuzga yaqin tarafdorlari qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Ichki ishlar vazirligi 4-sentabr kuni iste’foga chiqarilgan mudofaa vazirining o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodani mudofaa vazirligining Dushanbedagi markaziy tuzilmasi hamda Vahdat shahri ichki ishlar bo‘limiga hujum uyushtirishda ayblangan edi.

Tojikiston Bosh prokuraturasi mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general-mayor Abduhalim Nazarzoda hamda mudofaa vazirligi polkovnigi Junaydullo Umarovga nisbatan jinoiy ishochdi. Nazarzoda va Umarov mamlakat Jinoyat kodeksining to‘rtta— “terrorizm”, “davlatga xiyonat”, “ekstremistik guruhlar tuzish” va “diversiya” moddalari bilan ayblanmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.