» » O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshmuhammad Sarimsoqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Скачать O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshmuhammad Sarimsoqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshmuhammad Sarimsoqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

2015-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida matematik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston FA asoschilari va keyinchalik Prezidentlaridan biri, fizika-matematika fanlari doktori, fan va ta’lim fidoiysi, jamoat arbobi, 170 dan ziyod ilmiy risolalar, 8 ta monografiya va 2 ta darslik, shuningdek, ko‘pgina ilmiy maqolalar muallifi — O‘zbekiston FA akademigi Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Matematikaning betakror olamida” adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda kutubxona rasmiy saytixabar bermoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshmuhammad Sarimsoqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

 

Ko‘rgazmada Sarimsoqovning hayot yo‘li bilan tanishtiruvchi kitoblar, ilmiy risolalar, xotiralar o‘rin olgan. T.A.Sarimsoqov 1915-yilda Andijon viloyati Shahrixon qishlog‘ida tavallud topgan. 1936-yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti fizika-matematika fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, aspiranturaga kiradi. Doktorlik maqomini olib va harbiy xizmatni o‘tagach, 1942-yildan boshlab Sarimsoqov universitetda o‘z pedagogik va tashkilotchilik mahoratini namoyish etib, talabalarga dars berib, umumiy matematika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedralariga mudirlik qildi, universitet rektori lavozimida mehnat qildi. U ilmiy kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi va 40 nafar fan nomzodini yetishtirdi. T.A.Sarimsoqov O‘zbekiston oliy ta’limi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. U xalqaro ilmiy va siyosiy anjumanlarda faol ishtirok etib, dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlarida o‘zbek ilm-fanini tanitdi. Fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun T.A.Sarimsoqov ko‘pgina Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan, 2002-yilda esa fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholanib (vafotidan so‘ng) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

T.A.Sarimsoqov tomonidan yozilgan “Funksional analiz kursi”, “Haqiqiy o‘zgaruvchining funksiyalari nazariyasi” darsliklari hozirgacha oliy o‘quv yurtlarining fizika-matematika, mexanika-matematika va amaliy matematika fakultetlari talabalari uchun beminnat risola bo‘lib kelmoqda, uning “O‘zbekistonda fan taraqqiyoti” va “Hayot dovonlari” kitoblari esa ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarga o‘zbek ilm-faninig shakllanishi va uning fidoiy namoyondalari haqida hikoya qiladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.