» » BMT shtab-kvartirasida Falastin bayrog‘ini ko‘tarishga ruxsat berildi

Скачать BMT shtab-kvartirasida Falastin bayrog‘ini ko‘tarishga ruxsat berildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

BMT shtab-kvartirasida Falastin bayrog‘ini ko‘tarishga ruxsat berildi

BMTga a’zo bo‘lmagan, biroq Butunjahon tashkiloti qoshidagi kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan davlatlar bayrog‘i BMT shtab-kvartirasi va idoralarida ko‘tarilishi mumkin. Ushbu loyiha rezolyutsiyasi 11-sentabr, juma kuni BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

BMT shtab-kvartirasida Falastin bayrog‘ini ko‘tarishga ruxsat berildi

 

Falastin davlati ushbu hujjatni ko‘rib chiqish taklifini kiritgan edi.

Hujjatni tasdiqlash yuzasidan 115 ta davlat ovoz berdi, sakkizta davlat qarshiligini bildirdi. Yana 25 ta davlat ovoz berishda ishtirok etmaslikni ma’qul ko‘rdi. Hujjat kuzatuvchi davlatlarning bayrog‘i BMT shtab-kvartirasi va idoralarida unga a’zo davlatlar bayroqlaridan so‘ng ko‘tarilishi lozimligini nazarda tutadi.

Falastin va Vatikan davlatlari BMT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomiga ega.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.