» » O‘FF hakamlar departamenti OFK tomonidan Osiyoda yetakchilardan biri sifatida e’tirof etildi | 2015

Скачать O‘FF hakamlar departamenti OFK tomonidan Osiyoda yetakchilardan biri sifatida e’tirof etildi | 2015 в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘FF hakamlar departamenti OFK tomonidan Osiyoda yetakchilardan biri sifatida e’tirof etildi | 2015

2015-yilning avgust oyida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan milliy terma jamoalar murabbiylari birinchi anjumani tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

O‘FF hakamlar departamenti OFK tomonidan Osiyoda yetakchilardan biri sifatida e’tirof etildi | 2015

 

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham tashkilotchilar tomonidan ushbu seminarlarga taklif etildi. U milliy terma jamoalar murabbiylariga o‘zining yirik xalqaro musobaqalarda orttirgan tajribasi haqida so‘zlab, ishtirokchilar uchun foydali ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Ermatovning ushbu konferensiyada ishtiroki uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga minnatdorchilik xati yubordi.

“Biz Malayziya poytaxti — Kuala-Lumpur shahrida yaqinda tashkil etgan tadbirimizdagi ishtiroki uchun janob Ravshan Ermatovga o‘zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Janob Ermatov ishtirokidagi foydali ma’lumotlarga boy bo‘lgan seminar, o‘ylaymizki, juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Ishtirokchilar uchun ushbu ma’lumot almashinuvi ulkan darajada manfaatli bo‘ldi. Biz Osiyo qit’asida futbolning rivojlanishi yo‘lida kelajakda ham hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilganmiz”, — deyiladi OFK tomonidan yuborilgan xatda.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi OFK tomonidan Osiyoda hakamlarni yetkazib berish va hakamlikning rivojlantirish ishlarida yetakchilardan biri sifatida e’tirof etiladi. Avgust oyida bo‘lib o‘tgan hakamlik borasidagi savollar yuzasidan OFK tomonidan tashkil etilgan majlisga O‘FF hakamlar departamenti boshlig‘i Noil Lutfullin taklif etilishida ham shunday e’tirof yana bir bor ta’kidlangan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘FF OFK Osiyoda

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.