» » Haj—2015 mavsumida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar soni 3500 dan oshdi

Скачать Haj—2015 mavsumida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar soni 3500 dan oshdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Haj—2015 mavsumida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar soni 3500 dan oshdi

O‘zbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga haj safarlari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Hozirga kunda Madinai munavvara va Makkai Mukarramadagi o‘zbekistonlik ziyoratchilarning soni 3500 dan oshdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar bermoqda.

Haj—2015 mavsumida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar soni 3500 dan oshdi

 

“Madinai munavvaradagi 1200 dan ziyod vatandoshlarimiz ko‘tarinki ruh bilan Rasululloh (s.a.v.)ning ravzalari, Uhud tog‘i, Masjidi Qiblatayn va Islom tarixida ilk bor barpo etilgan ‘Qubo’ masjidini ziyorat qilmoqda.

Xususan, Uhud tog‘i yonida hazrati Hamza roziyallohu anhu, u kishining safdoshlari Mus’ab ibn Umayr va Abdulloh ibn Jahsh roziyallohu anhumo va boshqa sahobiylar dafn qilingan qabriston ziyorat qilinib, ular haqiga duolar qilindi”, — deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy saytidagi xabarda.

Bundan tashqari, Makka shahriga yetib kelgan 2300 dan ziyod ziyoratchi umra amallarini ado etib, “Masjidi Haram”da ibodat bilan shug‘ullanayotgani aytiladi.

“Yurtdoshlarimiz ibodat uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilayotgan, chiroyli muomala-munosabatlarda bo‘layotgan ishchi guruh a’zolari, shifokorlar, ellikboshilar va oshpazlarning beminnat xizmatlaridan minnatdorligini izhor etmoqda.

Muborak haj amallarini bajarishga xushnudlik bilan tayyorgarlik ko‘rayotgan ziyoratchilarimiz aziz va mo‘tabar Vatanimizga tinchlik va osoyishtalik, xalqimizga farovonlik, dasturxonlarimizga to‘kin-sochinlik, muhtaram Yurtboshimizning el-yurt manfaati yo‘lidagi barcha xayrli ishlariga muvaffaqiyatlar tilab duolar qilmoqda”, — deb yakunlanadi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabari.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Haj—2015 etayotgan

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.