» » NEC korporatsiyasi prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Скачать NEC korporatsiyasi prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonga keldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

NEC korporatsiyasi prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 11-sentabr kuni Yaponiyaning NEC korporatsiyasi prezidenti Nobuxiro Endo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

NEC korporatsiyasi prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

 

Uchrashuv davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida o‘rnatilgan ikki tomonlama hamkorlik holati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, yer usti raqamli telesignallarni uzatish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalarga oid istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda istiqbolda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shuningdek, NEC korporatsiyasi delegatsiyasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida hamda “O‘zbektelekom” AKning Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: NEC

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.