» » Germaniya muhojirlarni aldashga qarshi tashviqot ishlarini boshladi

Скачать Germaniya muhojirlarni aldashga qarshi tashviqot ishlarini boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Germaniya muhojirlarni aldashga qarshi tashviqot ishlarini boshladi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga kelayotgan qochoqlarda “yolg‘on tasavvur va xato umidlar” paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida axborot-tashviqot kampaniyasini boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Germaniya muhojirlarni aldashga qarshi tashviqot ishlarini boshladi

 

Spiegel Online nashri ma’lumotlariga ko‘ra, tashviqot ishlari qochoqlar kelayotgan va ularni o‘tkazib yuborayotgan mamlakatlarda olib boriladi. Vazirlik vakillarining qayd etishicha, aksariyat hollarda qochoqlarni jo‘natish orqali pul ishlab qolish niyatida bo‘lgan kontrabandachilar “qasddan yolg‘on ma’lumot” tarqatmoqda.

Germaniyaning ba’zi mamlakatlardagi elchixonalari mish-mishlarga qarshi kurash bo‘yicha tashviqot ishlarini boshlagan. Xususan, Germaniyaning Afg‘onistondagi elchixonasi Twitter’dagi o‘z sahifasida kontrabandachilarga ishonmaslikka va birinchi kirgan mamlakatida boshpana so‘rashga chaqirmoqda.

Germaniyaning Qohiradagi elchixonasi esa Germaniyadan boshpana olish imkoniyatlari haqida yozib chiqdi. “Germaniya 800 ming qochoqni qabul qilishga rozi bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on. Bu 2015 yilda Germaniyadan boshpana so‘rashi kutilayotgan qochoqlar soniga bog‘liq statistik taxmin. Ularning aksariyati, katta ehtimol bilan, qochoq sifatida tan olinmaydi va mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi”, — deb yozadi elchixona sayti.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Germaniya muhojirlarni

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.