» » Makkadagi Al Haram masjidiga kran qulashi natijasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabrlanmagani xabar berildi

Скачать Makkadagi Al Haram masjidiga kran qulashi natijasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabrlanmagani xabar berildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Makkadagi Al Haram masjidiga kran qulashi natijasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabrlanmagani xabar berildi

11-sentabr kuni Makka shahridagi Al Haram masjidiga qurilish krani qulashi natijasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabr ko‘rmadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

Makkadagi Al Haram masjidiga kran qulashi natijasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabrlanmagani xabar berildi

 

Ishchi guruh tomonidan o‘zbekistonlik hojilarni tashuvchi avtobuslarning harakati to‘xtatildi. Shaharda tabiiy ofat oqibatlarini tugatish ishlari oxiriga yetgunga qadar ziyoratchilarning mehmonxonadan chiqishi cheklandi. Bo‘ron boshlangan vaqtda mehmonxonadan tashqarida bo‘lgan hojilarni qaytarish choralari ko‘rildi.

11-sentabr holatiga ko‘ra, Makka shahrida 2683 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi bo‘lgan. Ziyoratchilarning asosiy qismi tabiiy ofat vaqtida mehmonxonada bo‘lgan. Al Haramda bo‘lgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar sog‘-salomat mehmonxonaga yetib kelgan. Soat 24.00 da hojilarni  Al Haramga tashuvchi avtobuslarning harakati qayta yo‘lga qo‘yildi. Hozirda o‘zbekistonlik hojilar ibodatlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuchli bo‘ron oqibatida Al Haram masjidining kengaytirish ishlari ketayotgan janubiy qismida joylashgan kranlardan biri masjidning Ka’batulloh atrofida tavof amali bajariladigan maydonining janubiy qismiga qulab tushdi.

Saudiya Arabistoni Fuqaro mudofaasi tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra baxtsiz hodisa natijasida 107 kishi halok bo‘lgan, 238 nafari tan jarohatlari olgan.

Makka shahri mutasaddi tashkilotlari tomonidan qutqaruv ishlari tashkil etildi. Al Haram masjidi va uning yon-atrofidagi ko‘chalar bir soat davomida yopildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Makkadagi Al Haram

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.