» » Malida qurollangan kishilar BMT tinchlikparvarlariga hujum qildi

Malida qurollangan kishilar BMT tinchlikparvarlariga hujum qildi

Mali shimolida qurollangan noma’lum shaxslar BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Ko‘p tarmoqli kompleks missiyasi konvoyiga hujum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Malida qurollangan kishilar BMT tinchlikparvarlariga hujum qildi

 

Hujum oqibatida ikki nafar tinchlikparvar yaralandi. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hodisa Gao shahridan 15 kilometr masofada shaharni Anefis aholi punkti bilan bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘ldi. “Bu Malida 2013-yilning iyulidan buyon faoliyat yuritayotgan missiya xodimlariga nisbatan uyushtirilgan 50-hujumdir”, — deydi missiya vakillari.


Manba: Daryo.uz


Метки: Malida BMT

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.